Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda “AGROHIZMAT ŞINDONG” MÇJ ōrtasida 04/01-sonli hamkorlik şartnomasi imzolandi.

16/04/2026

Mazkur kelişuvga kōra, “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi yōnalişida korxona huzurida kafedra filiali taşkil etiladi.

Hamkorlik doirasida dual taʼlim tizimini joriy etiş, talabalar amaliyotini işlab çiqariş bilan integratsiyalaş hamda bitiruvçilarni iş bilan taʼminlaş rejalaştirilgan.

Kafedra filiali oçiliş marosimida “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi mudiri S.Ismatov, kafedra ōqituvçisi K.Yorov, institut Karyera markazi rahbari A.Allanazarov hamda 13OT-2024 guruhi talabalari iştirok etdilar.

Tadbir davomida tomonlar kelgusidagi samarali hamkorlik, dual taʼlimni yōlga qōyiş hamda bitiruvçilarni işga joylaştiriş masalalari yuzasidan ōzaro kelişuvga erişdilar.