Rektor tabrigi

16/04/2026

Assalomu alaykum, hurmatli jamoa, qadrli professor-o‘qituvchilar va aziz talabalar!

Barchangizni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining 6 yilligi bilan samimiy tabriklayman!
Mamlakatimiz kelajagi — bilimli, zamonaviy fikrlaydigan va o‘z kasbining yetuk mutaxassislari qo‘lida. Shu bois institutimiz tashkil etilgan ilk kunlardan boshlab sifatli ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.

📊 Bugungi kunda institutimiz:
— 4 ta fakultet
— 16 ta kafedra
— 8045 nafar talaba
— 309 nafar professor-o‘qituvchi
— Ilmiy salohiyat: 30%

📚 Ilmiy faoliyat natijalari:
— 100 ta monografiya
— 40+ ta Scopus maqola
— 200+ ilmiy maqolalar

🏆 Talabalarimiz yutuqlari:
— 30 nafar davlat stipendiyasi sovrindori
— 39 nafar viloyat hokimi stipendiyasi sohibi
— 72 nafar rektor stipendiyasi sohibi
— 32 nafar respublika va xalqaro musobaqalar g‘oliblari

🌍 Xalqaro hamkorlik:
— 100 ga yaqin xorijiy OTM bilan hamkorlik
— 35 nafar magistrant qo‘shma dasturlarda
— 125 nafar professor-o‘qituvchi xorijda malaka oshirgan

Hurmatli jamoa! Sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli institutimiz yildan-yilga rivojlanib, yuksak marralarni zabt etmoqda. Buning uchun har biringizga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, omad va yangi yutuqlar tilayman!
Birgalikda yanada yuksak natijalarga erishamiz! 🚀

Hurmat bilan,
Ruziyev Oybek Abdimuminovich
Institut rektori