OLLOMURODOV NURALI YOQUB O‘G‘LININGDISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
18/04/2026
⚡️Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01 raqamli ilmiy kengash yig‘ilishida Ollomurodov Nurali Yoqub o‘g‘lining 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston janubiy hududi aholisining ijtimoiy va maishiy hayoti: o‘zgarishlar va muammolar (1945–1991-yillar)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi 100 foizlik natija bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.
🖇 Mazkur ilmiy ish o‘zining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati bilan yuqori baholandi. Ollomurodov Nurali Yoqub o‘g‘lini ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!