KIBЕRXAVFSIZLIK JINOYATLARI: ZAMONAVIY TAHDIDLAR VA ULARGA QARŞI KURAŞIŞ MASALALARI

17/04/2026

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanişi jamiyat hayotining barça sohalariga çuqur kirib bordi. Şu bilan birga, raqamli makonda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar soni ortib borayotgani kiberxavfsizlik masalasini dolzarb muammolardan biriga aylantirmoqda. Kiberjinoyatlar nafaqat alohida şaxslar, balki davlat va jamiyat xavfsizligiga ham jiddiy tahdid tuḡdiradi. Kiberxavfsizlik jinoyatlari deganda axborot tizimlari, kompyuter tarmoqlari va maʼlumotlar bazalariga noqonuniy kiriş, ularni ōzgartiriş, yōq qiliş yoki ulardan noqonuniy foydalaniş orqali sodir etiladigan jinoyatlar tuşuniladi. Bunday jinoyatlar qatoriga xakerlik, phishing (soxta havolalar orqali maʼlumotlarni qōlga kiritiş), zararli dasturlar tarqatiş, şaxsiy maʼlumotlarni ōḡirlaş hamda moliyaviy firibgarliklar kiradi. Amaliyot şuni kōrsatmoqdaki, kiberjinoyatlar kōpinça yuqori darajada taşkil etilgan guruhlar tomonidan sodir etilib, ular zamonaviy texnologiyalardan mohirona foydalanadi. Bu esa huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatini yanada murakkablaştiradi. Ayniqsa, jinoyatlarning transmilliy xususiyat kasb etişi ularni foş etiş va oldini oliş jarayonida xalqaro hamkorlikni talab qiladi. Ōzbekiston Respublikasida ham kiberxavfsizlikni taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Amaldagi qonunçilikka muvofiq, kompyuter axborotidan noqonuniy foydalaniş, axborot tizimlariga zarar yetkaziş va şaxsiy maʼlumotlarni noqonuniy yiḡiş kabi harakatlar uçun jinoiy javobgarlik belgilangan. Şu bilan birga, tegişli davlat organlari tomonidan profilaktik çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Kiberjinoyatlarning oldini olişda fuqarolarning huquqiy savodxonligi muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir foydalanuvçi internetdan foydalanişda ehtiyot çoralariga amal qilişi, şubhali havolalarga kirmasligi, şaxsiy maʼlumotlarini himoya qilişi lozim. Korxona va taşkilotlar esa axborot xavfsizligi tizimlarini mustahkamlaş, zamonaviy himoya vositalaridan foydalaniş orqali kiberxavflarni kamaytirişi mumkin. Xulosa qilib aytganda, kiberxavfsizlik jinoyatlari zamonaviy jamiyatning eng dolzarb muammolaridan biri bōlib, ularga qarşi samarali kuraşiş uçun huquqiy, texnik va taşkiliy çoralarni kompleks tarzda qōllaş zarur. Faqatgina davlat organlari emas, balki har bir fuqaroning huşyorligi va masʼuliyati ham bu borada muhim rol ōynaydi. Bugungi kunda kiberjinoyatçilikning tobora murakkablaşib borayotgani uşbu sohani nafaqat texnik, balki huquqiy jihatdan ham takomillaştirişni talab etmoqda. Şu nuqtayi nazardan, kiberxavfsizlikni taʼminlaş davlat siyosatining ustuvor yōnalişlaridan biri sifatida eʼtirof etilmoqda. Ōzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida kompyuter axboroti bilan boḡliq jinoyatlar uçun alohida normalar nazarda tutilgan. Jumladan, kompyuter axborotiga noqonuniy kiriş, uni ōzgartiriş yoki yōq qiliş, şuningdek, kompyuter tizimlari faoliyatiga noqonuniy aralaşiş kabi harakatlar jinoiy javobgarlikka sabab bōladi. Uşbu turdagi jinoyatlar, ayniqsa, moliyaviy zarar yetkaziş, davlat sirlarini oşkor etiş yoki fuqarolarning şaxsiy hayotiga tajovuz qiliş bilan boḡliq bōlsa, oḡirlaştiruvçi holat sifatida baholanadi. Sud amaliyotida kiberjinoyatlar bōyiça işlarni kōrib çiqişda bir qator murakkabliklar kuzatiladi. Avvalo, jinoyatni sodir etgan şaxsni aniqlaş kōpinça qiyin bōladi, çunki jinoyatçilar ōz şaxsini yaşiriş uçun turli texnik vositalardan foydalanadi. Masalan, anonim tarmoqlar, VPN xizmatlari yoki soxta IP manzillar orqali faoliyat yuritiş keng tarqalgan usullardan biridir. Bundan taşqari, dalillarni tōplaş va ularni sudda isbotlaş jarayoni ham ōziga xos xususiyatlarga ega. Elektron dalillarni tōḡri rasmiylaştiriş, ularning haqiqiyligini taʼminlaş va saqlaş tartibiga rioya etiş muhim ahamiyat kasb etadi. Aks holda, sud tomonidan bunday dalillar işonçsiz deb topilişi mumkin. Amaliyotda uçrayotgan yana bir muhim masala — bu fuqarolarning ōzlari tomonidan sodir etilayotgan bexosdan huquqbuzarliklardir. Masalan, litsenziyasiz dasturiy taʼminotdan foydalaniş, boşqalarning akkauntlariga ruxsatsiz kiriş yoki zararli dasturlarni bilmagan holda tarqatiş ham muayyan hollarda javobgarlikka olib kelişi mumkin. 

Jinoyat işlari bōyiça Denov tuman sudining raisi S.B.Bōtayev