Xalqaro akademik mobillik doirasida uchrashuv tashkil etildi
11/04/2026
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev tomonidan Tojikiston Respublikasining Dang‘ara davlat universitetidan akademik mobillik dasturi asosida institutimizda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📌 Uchrashuv davomida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifati va akademik mobillik dasturlarining ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
🔵 Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, ularning savollariga tushuntirishlar berildi.
💬 Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.