Amir Temur haftaligi

10/04/2026

🤼 Pedagogika fakultetida “Amir Temur haftaligi” munosabati bilan sportga bōlgan qiziqişni yanada oşiriş, talabalar ōrtasida soḡlom turmuş tarzini tarḡib etiş maqsadida kuraş sport musobaqasi yuqori saviyada taşkil etildi. Uşbu bellaşuvda turli bosqiçlarda tahsil olayotgan talabalar faol iştirok etib, ōzlarining jismoniy tayyorgarligi va mahoratini namoyiş etdilar.

🥋Musobaqa davomida har bir iştirokçi ḡalaba uçun astoydil kuraş olib bordi. Bellaşuvlar halollik va sport etikasi asosida ōtdi.

🏆 Tadbir yakunida Sariosiyo tumani prokuraturasi hamkorligida ḡolib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, diplom va esdalik sovḡalari bilan raḡbatlantirildi. Musobaqa talabalar ōrtasida dōstlik, soḡlom raqobat muhitini mustahkamlaşga xizmat qildi.

🥇 Şubhasiz, bunday sport tadbirlari yoşlarning jismonan baquvvat, ruhan tetik bōlib ulḡayişida muhim ahamiyat kasb etadi.