“Amir Temur haftaligi” doirasida sport musobaqasi o‘tkazildi

12/04/2026

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Umumiy fizika va qurilish muhandisligi kafedra mudiri E.Yusupov tashabbusi bilan hamda kafedra professor-o‘qituvchilari hamkorligida “Amir Temur haftaligi” munosabati bilan futbol musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
⚽️ Yakuniy natijalarga ko‘ra,
🥇 oʻrinni 1-bosqich fizika,
🥈 oʻrinni 2-bosqich qurilish muhandisligi,
🥉 oʻrinni 3-bosqich fizika taʼlim yoʻnalishlari talabalari egalladilar.

Gʻolib va sovrindor jamoalar aniqlanib, ular faxriy yorliqlar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.