Samarqandda rektorlar iştirokida oliy taʼlimni transformatsiya qiliş masalasi muhokama qilindi
15/03/2026
2026-yil 15-mart kuni Samarqand davlat arxitektura-quriliş universitetida respublika oliy taʼlim taşkilotlari rektorlari iştirokida yiḡiliş bōlib ōtdi. Unda Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini tubdan transformatsiya qilişga oid çora-tadbirlar tōḡrisida”gi Farmoni loyihasi muhokama qilindi.
Yiḡilişda Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari ōrinbosari Ilhom Sirojev va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qōnḡirotboy Şaripov farmon loyihasining strategik ahamiyati, uning oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini tubdan yangilaşdagi ōrni hamda sohada amalga oşirilayotgan islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqişdagi ahamiyatiga alohida tōxtalib ōtdi. Şuningdek, mazkur hujjat orqali oliy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oşiriş, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qōllab-quvvatlaş va innovatsion yondaşuvlarni keng joriy etişga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangani taʼkidlandi.
Yiḡilişda Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi direktori Baxtiyor Yuldaşev hamda vazirning birinçi ōrinbosari Sardor Rajabov farmon loyihasining asosiy yōnalişlari, uni amalga oşiriş mexanizmlari va kutilayotgan natijalar yuzasidan batafsil taqdimot qildi. Taqdimotda universitetlar boşqaruvini takomillaştiriş, taʼlim sifati baholaş tizimini xalqaro talablar asosida rivojlantiriş, şuningdek, ilm-fan va innovatsiyalarni işlab çiqariş bilan uzviy boḡlaşga qaratilgan vazifalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Muhokamalar konstruktiv ruhda ōtdi. Rektorlar tomonidan farmon loyihasida nazarda tutilgan islohotlarni amalga oşiriş, oliy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oşiriş, ilmiy salohiyatni mustahkamlaş hamda universitetlarning xalqaro raqobatbardoşligini kuçaytirişga doir qator taklif va mulohazalar bildirildi. Bildirilgan fikrlar farmon loyihasini yanada takomillaştiriş va uning amaliy samaradorligini taʼminlaşga xizmat qilişi taʼkidlandi.