🏢 Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi 72-F-sonli farmoyişi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 3-martdagi 04/20-2/2-1-sonli xatlarining ijrosini taʼminlaş maqsadida institut rektorining 2026-yil 7-martdagi 72-A sonli buyruḡi işlab çiqildi.
✅ Mazkur buyruqqa kōra DTPIda 13-14-mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boşlanadi!” şiori ostida umumxalq xayriya haşarini ōtkaziş rejalaştirilgan.
📍 Institutda faoliyat olib borayotgan xodimlar, professor-ōqituvçilar va xōjalik bōlimi xodimlari tomonidan, barça ōquv binolari hovlilar atrofi, ariqlarni tozalaş, daraxtlarni oqlaş va butalaş işlarini taşkil qiliş hamda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali, manzarali va gul kōçatlarini ekiş işlari boşlab yuborildi.