Denov tumanida “Navroʻzni ulugʻlash — insonni ulugʻlashdir!” shiori ostida bayram sayli bo‘lib o‘tmoqda.
16/03/2026
⚡️ Denov tumani hokimi Anvar Normamatov Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiyani kutib oldi. Bayram tadbiri davomida mehmonlar milliy urf-odatlarimiz, qadimiy anʼanalarimiz hamda xalqimizning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishishmoqda. Sayl hududida milliy taomlar, hunarmandchilik ko‘rgazmalari, folklor jamoalarining chiqishlari va turli madaniy dasturlar namoyish etilmoqda. Bu kabi uchrashuvlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.