Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida DTPI rektori O.A.Ruziyev ham Tojikiston OTMlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi.

17/03/2026

1. DTPI hamda Sotim Ulug‘zoda nomidagi Tojikiston xalqaro chet tillar universiteti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga ko’ra professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ilmiy-amaliy seminarlar va qo‘shma konferensiyalar tashkil etish hamda xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini rivojlantirishni nazarda tutadi.

2. DTPI va Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston Pedagogika universiteti o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, DTPI professor-o‘qituvchilarini mazkur universitetda 144 soatlik malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi rejalashtirildi.

3. DTPI Rus-Tojik (Slavyan) universiteti o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko’ra xorijiy tillarni rivojlantirish, ilmiy va metodik tajriba almashish hamda xalqaro ilmiy loyihalarda hamkorlik qilish nazarda tutilgan.