Vazir va arxitektura yoʻnalishida kadrlar tayyorlovchi oliygohlar rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi
03/02/2026
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida arxitektura yoʻnalishida kadrlar tayyorlovchi oliygohlar rektorlari ishtirokida ishchi yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda hududlarni kompleks rivojlantirishda zamonaviy master rejalarning ahamiyati, mahallalar bilan ishlash tizimini joriy etish va talabalarni amaliy jarayonlarga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, 903 ta “ogʻir” mahalla bilan ishlashga 18 ta oliygohda tahsil olayotgan 7 mingga yaqin arxitektura yoʻnalishidagi talabalar jalb etiladi.
Shuningdek, mahalla bosh rejalarini ishlab chiqish boʻyicha talabalar oʻrtasida tanlov eʼlon qilinib, eng yaxshi loyihalarni taqdim etgan jamoalar 100 million soʻmgacha mukofotlanadi.
Yigʻilish yakunida oliygohlar rahbarlariga belgilangan vazifalar doirasida manzilli ishlash boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.