⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida psixolog R. Xo‘shboqov tashabbusi bilan “Giyohvandlikka yo‘q deymiz!” shiori ostida institut xodimlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy chellenj tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushunchalarni kengaytirish hamda xodimlar orasida zararli odatlarga nisbatan qat’iy immunitetni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
📌 Chellenj jarayonida institut xodimlari faol ishtirok etib, o‘z munosabatlari, hayotiy qarashlari va ijtimoiy mas’uliyatini namoyon etdilar. Tadbir ishtirokchilarda giyohvandlikka qarshi kurashish, sog‘lom jamiyat barpo etishga hissa qo‘shish borasida yanada kuchli ishonch va irodani shakllantirdi. Ushbu tashabbus jamoada ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.