Yaqindan tanishdilar

12/01/2026

📌 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 7-“T” sinf o‘quvchilari Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida faoliyat yuritayotgan “Kar’yera markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🔷 Tashrif davomida o‘quvchilarga Institut rektori Ruziyev Oybek Abdumo‘minovich boshchiligida “Kar’yera markazi”ning imkoniyatlari, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda kelajakda kasb tanlashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🖇 Bundan tashqari, markazda tikuvchilik, pazandachilik va turli hunarlarni o‘rganish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, o‘quvchilarning o‘z bilim, qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirish hamda ularni tijoratlashtirish uchun keng shart-sharoitlar yaratilgan.

🖌 Bu kabi tadbirlar o‘quvchilarning kelajak kasbini ongli ravishda tanlashi, o‘z ustida ishlashi va maqsadli yo‘lni belgilashida muhim ahamiyat kasb etadi.