Professor-o‘qituvchilarimiz Turkiyada malaka oshirmoqdalar.

12/01/2026

Xabar berganimizdek, institutimizning 15 nafar malakali professor-o‘qituvchilari Turkiyaning nufuzli Fırat universitetiga (Elazığ shahri) tajriba almashish va malaka oshirish maqsadida yetib borishgan edi.

✅ Safar tafsilotlari:
• Guruh a’zolari universitetning Eğitim Fakültesi (Ta’lim fakulteti) dekani bilan uchrashib, kelgusidagi ilmiy va pedagogik hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
• Reja asosida dars mashg‘ulotlari va seminar-treninglar boshlandi. O‘qituvchilarimiz zamonaviy ta’lim metodikalari hamda xalqaro tajribalarni o‘rganishmoqda.
• Safar doirasida mazkur oliygohda talaba almashinuvi dasturi asosida tahsil olayotgan 4 nafar talabamiz bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Ularning o‘qish va yashash sharoitlari o‘rganildi.

✈️ Malaka oshirish jarayonlari davom etmoqda. Safar tafsilotlarini kanalimizda kuzatib boring!