⚡️ Oʻzbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, Xorazmlik taniqli san’atkorlar — aka-uka Eshjonovlar Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurib, talaba-yoshlar hamda jamoatchilik uchun konsert dasturi tashkil etdilar. Tadbir avvalida institut rektori Oybek Ruziyev so‘zga chiqib, mehmon san’atkorlarni samimiy qutlar ekan, bunday madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning san’atga bo‘lgan qarashlari va ma’naviy didini yanada boyitishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
📌 Konsert dasturi davomida san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Mazkur madaniy tadbirda nuroniylar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etib, san’atkorlarning ijodiga qiziqish va olqish bildirdilar. Tadbir barchada iliq taassurot qoldirdi. Shuningdek, tadbir yakunida mehmonlar institut rahbariyati tomonidan taqdirlandi.