Hamkorlik

10/01/2026

British Council bilan hamkorlik. Britaniya Kengashining taklifiga binoan va institut rektorining buyrug‘iga asosan, 2026-yil 6-7 yanvar kunlari institutimizning 3 nafar xodimi (V.Tangriyev, D.Tog‘aymurodov, I.Soatov) Toshkent shahrida o‘tkazilgan PRESETT dasturi bo‘yicha Milliy forumda ishtirok etib qaytdilar.

Xizmat safari davomida xodimlar ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro ekspertlar treninglarida qatnashdilar va kerakli o‘quv-uslubiy materiallarni olib keldilar. Olingan bilim va ko’nikmalar asosida yanvar oyi oxiriga qadar institutda ichki seminar o’tkazilishi rejalashtirildi.