DTPIda 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan institut kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
28/12/2025
Ushbu yig‘ilishda institut rektori O. Ruziyev, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, bo‘lim va markazlar rahbarlari hamda mutaxassislar ishtirok etdi.
📌 Kun tartibidan institutning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bo‘yicha yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar o‘rin oldi. Xususan, ta’lim sifatini yanada oshirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faolligini kuchaytirish, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy loyihalarda ishtirok etish, shuningdek, talabalar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
📝 Yig‘ilish davomida soha mutaxassislarining yil yakuni bo‘yicha hisobotlari tinglanib, kelgusi yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan mas’ul shaxslarga aniq topshiriqlar berildi.