⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O. Ruziyev tomonidan yil davomida ōzining fidokorona mehnati, taşabbuskorligi va yuqori natijalari bilan ajralib turgan faol xodimlar hamda talabalar munosib taqdirlandi. Jumladan, “Eng faol yil talabasi” tanlovining respublika bosqiçida munosib iştirok etib, “Eng faol tadbirkor ayol” nominatsiyasi bōyiça 🥇-ōrinni qōlga kiritgan Imomaliyeva Şaxzoda alohida eʼtirof etildi.
📌 Şuningdek, yil davomida turli nominatsiyalar bōyiça ḡoliblikni qōlga kiritgan kafedra mudirlari hamda “Yilning eng yaxşi tyutori” tanlovi ḡoliblari ham institut rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Uşbu tadbir taʼlim sifatini oşiriş, ilmiy-pedagogik faoliyatni yanada rivojlantiriş va yoşlarni faol bōlişga undaş yōlidagi muhim qadam bōldi.