Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Prezident arçasi” bayram tadbiri bōlib ōtdi
Tadbirda sōzga çiqqan Denov tumani hokimi v.b. I.Saparov bolajonlarni, tadbir iştirokçilarini Prezidentimiz nomidan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, 85 nafar ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga “Prezident sovḡa”larini topşirdi.
Bayramda bolajonlar ōynab-kuldilar. Tadbir şukuhli va esda qolarli voqealarga boy bōldi. Unda bolajonlar hamda ularning yaqin qarindoşlari, ustozlari iştirok etişdi.