Uch avlod uchrashuvi

16/12/2025

⚡️ Kuni kecha Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida Vatanparvarlik oyligi doirasida “Uch avlod uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Janubiy-g‘arbiy okrug faxriylar kengashi a’zolari, fakultet rahbariyati, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.

📌 Tadbir davomida talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida motivatsion trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Uchrashuv ishtirokchilariga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va hayotiy tajribaga oid zaruriy tushunchalar hamda amaliy tavsiyalar berildi.