“Talabalar teatr studiyasi” kōrik-tanlovining 2-hududiy bosqiçi yuqori saviyada taşkil etildi.
16/12/2025
⚡️ Termiz şahri markazida joylaşgan muhtaşam “Sanʼat saroyi”da “Talabalar teatr studiyasi” kōrik-tanlovining 2-hududiy bosqiçi yuqori saviyada taşkil etildi. Mazkur tanlovda turli oliy taʼlim muassasalaridan taşrif buyurgan iqtidorli yoşlar ōzlarining sahna mahorati, ijodiy yondaşuvi hamda sanʼatga bōlgan muhabbatini namoyon etdilar. Tomoşabinlar eʼtiborini tortgan sahna kōrinişlari tanlovga ōzgaça ruh va kōtarinki kayfiyat baḡişladi.
📌 Uşbu nufuzli tanlovda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining “Turon” talabalar teatr studiyasi jamoasi ham faol iştirok etdi. Jamoa aʼzolari ijodiy çiqişlari, sahnadagi uyḡunlik va mazmunli ḡoyalar orqali hakamlar hayʼatining eʼtirofiga sazovor bōlişdi. Natijada “Turon” talabalar teatr studiyasi faxrli 3-ōrinni qōlga kiritib, institut şaʼnini munosib himoya qildi. Bu yutuq yoş ijodkorlar uçun kelgusidagi muvaffaqiyatlarga mustahkam zamin bōlib xizmat qiladi.