🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Pedagogika fakultetida navbatdagi taşkiliy va madaniy-maʼrifiy tadbir bōlib ōtdi. Tadbir doirasida Maktabgaça taʼlim kafedrasining “Musiqa taʼlimi” yōnalişi talabalari tomonidan tayyorlangan “Sanʼatga oşno dillar” nomli konsert dasturi namoyiş etildi. Mazkur dastur institut hayotida muhim ahamiyat kasb etib, sanʼat va madaniyatga bōlgan eʼtiborni yanada kuçaytirişga xizmat qildi. Konsert dasturi institut rektori O. A. Ruziyev tomonidan bildirilgan samimiy tabrik sōzi bilan oçib berildi.
📌 Tadbirda institut rahbariyati, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, masʼul xodimlar hamda fakultet professor-ōqituvçilari iştirok etdilar. Talabalar tomonidan ijro etilgan musiqiy çiqişlar yiḡilganlarda katta taassurot qoldirib, yoşlarning ijodiy salohiyati va sanʼatga bōlgan qiziqişini yaqqol namoyon etdi.