⚡️Kuni keça Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti faollar zalida Surxondaryo viloyat Kasaba uyuşmalari qōmitasi raisi ōrinbosari Qobil Bobolov rahbarligida ōquv seminari taşkil etildi.
🖇 Jarayonda Denov tuman maktab va maktabgaça taʼlim bōlimi Kasaba uyuşma qōmitasi raisi E. A. Axrorov hamda tarmoqdagi boşlanḡiç kasaba uyuşmalari rahbarlari iştirok etişdi.
📌 Seminar davomida kasaba uyuşmalarida iş yuritiş, jamoa şartnomalarining mazmuni va ahamiyati, mehnat qonunçiligi, iş beruvçining taşabbusi bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş tartibi, mehnat xavfsizligi va gigiyenasi, şuningdek, kasaba uyuşma byudjetidan maqsadli va samarali foydalaniş kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.