DTPIda Axborot-resurs markazi faoliyatiga baḡişlangan tadbir bōlib ōtdi

12/12/2025

⚡️ Unda ARMning asosiy yangiliklari, fondning kengayişi va zamonaviy axborot xizmatlari taqdim etildi. Hozirda ARM fondi 14 538 nomdagi 34 915 dona bosma adabiyot, şuningdek Unilibrary.uz tizimida 98 779 dona elektron resurs bilan boyitilgan. 2025–2026 ōquv yili davomida professor-ōqituvçilar va talabalar tomonidan 1286 dona adabiyot sovḡa qilindi, institut tomonidan esa 1196 dona darslik va qōllanmalar xarid qilindi. Şuningdek, 56 nafar professor-ōqituvçi muallifligidagi 236 nomdagi 1364 ta adabiyot ARMga topşirildi.

📌 Markaz bir vaqtning ōzida 350 nafar kitobxonga xizmat kōrsatiş imkoniyatiga ega bōlib, zamonaviy ōquv zallari, kompyuter xonalari, Wi-Fi tarmoḡi va 24/7 elektron kutubxona tizimi bilan jihozlangan. Tadbir davomida ARMning kitobxonlik tarḡiboti va maʼnaviy-maʼrifiy loyihalari ham yoritildi.