“Markaziy Osiyo hamdo‘stligi kubogi” xalqaro musobaqasida DTPI talabalari muvaffaqqiyatli tarzda ishtirok etishdi
10/12/2025
8-9-dekabr kunlari Buxoro viloyati Jondor tumanida sportning Bel olish kurashi bo‘yicha “Markaziy Osiyo hamdo‘stligi kubogi” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jismoniy madaniyat yo‘nalishi 1-kurs talabalarining yutuqlari alohida e’tiborga loyiq bo‘ldi.
80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mirzoyev Sanjar kuchli raqiblar orasida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 85 kg vazn toifasida bahsga kirishgan Qulmuratov Javlonbek ham yuqori natija qayd etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Talabalarimizning ushbu g‘alabalari institutimiz uchun faxr va g‘ururdir. Ularni yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!