KELAJAKKA QADAM

        Prezidentimizning 2025 yil 14 fevralda qabul qilingan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zmilliybank” AJ tomonidan “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshirilmoqda.

        Bitiruvchi bosqich talabalarining biznes g‘oyalarini tayyor loyihaga aylantirish va istiqbolli loyihalarni qulay shartlarda moliyalashtirish, ular bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida dastur doirasida 3 turdagi kredit paketlari — “Kelajakka qadam” (10 million so‘mgacha), “Kelajak uchun start” (100 million so‘mgacha) va “Yorqin kelajak sari” (1 milliard so‘mgacha) shakllantirilgan.

Batafsil: https://nbu.uz/kichik-biznes/kreditlar/yangi-kelajakka-qadam-kreditlari

        Yoshlarning orzulari beqiyos, intilishlari cheksiz. Ular yangi g‘oyalar bilan yashaydi, o‘z kelajagini qurishga intiladi. Lekin har bir bitiruvchi talabaning oldida bitta muhim savol turadi: endi qayerga boraman? Ish topa olamanmi? O‘z biznesimni boshlashga imkoniyat bormi?
Endi bu savollarga aniq javob bor.
Davlatimiz rahbarining 2025 yil 14 fevralda yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “O‘zmilliybank” AJning oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashtirilishiga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi.
“Kelajakka qadam” dasturi aynan yoshlarning kelajagini mustahkamlash, ularni kasbga yo‘naltirish va o‘z biznesini boshlashga ko‘maklashish uchun ishlab chiqildi. Bu oddiy loyiha emas. Unda yoshlarning orzulari haqiqatga aylanadi. Ular uchun innovatsion imkoniyatlar eshigi ochiladi Bu dastur orqali bitiruvchilar endi faqatgina diplom bilan qolib ketmaydi, balki o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topish, tajriba orttirish, hattoki o‘z biznesini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

        Dastur qanday imkoniyatlar yaratadi?

        Ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish – yoshlar yirik kompaniyalar va tashkilotlar bilan tanishib, o‘z kasbiy yo‘nalishida ish topish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Biznes g‘oyalarni haqiqatga aylantirish – startaplar va innovatsion loyihalar uchun moliyaviy ko‘mak, ekspert maslahatlari hamda amaliy yordam beriladi.
Maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslari – yoshlar ish beruvchilarning talablariga mos keluvchi maxsus dasturlar asosida o‘qitiladi.
Xalqaro tajriba almashinuvi – eng iqtidorli yoshlar xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatli kurslarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Kelajakka qadam” yurtimiz rivojiga turtki bo‘ladi. Bu dastur faqat yoshlar uchun emas, balki butun mamlakat iqtisodiyoti uchun ham katta ahamiyatga ega. Qanday qilib?
Ishsizlik kamayadi – yoshlar o‘z sohasida ish topib, o‘z kasbi bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Tadbirkorlik rivojlanadi – yangi startaplar, yangi bizneslar paydo bo‘ladi, bu esa iqtisodiyot rivojlanishiga xizmat qiladi.
Mahalliy ishlab chiqarish kuchayadi – yosh mutaxassislar innovatsion yechimlar ishlab chiqib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini yangilaydi.
Xalqaro hamkorlik kengayadi – xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qigan yoshlar yangi bilim va tajribalarni mamlakatimizga olib keladi. Bu esa O‘zbekistonning texnologik rivojlanishi va raqobatbardosh iqtisodiyot barpo etishiga katta turtki beradi.

Tasavvur qiladigan bo‘lsak, siz ushbu dastur orqali o‘z kelajagingizni qurmoqdasiz.

Sizda ajoyib biznes g‘oya bor, lekin uni qanday amalga oshirishni bilmayapsiz. Dastur sizni mutaxassislar, moliyaviy ko‘mak, zaruriy resurslar bilan ta’minlaydi.
Yoki siz o‘qishni tugatdingiz, lekin tajribangiz yo‘q “Kelajakka qadam” sizga ish beruvchilar bilan bog‘lanish, ishlab chiqarish ob’ektlarida amaliyot o‘tash, kasbiy kurslarda qatnashish imkoniyatini beradi.
“Kelajakka qadam” – bu shunchaki loyiha emas, bu yoshlarning orzularini haqiqatga aylantirish dasturi. Endi o‘qish tugadi, nima qilishim kerak, degan savol yo‘q. Endi har bir yoshning aniq yo‘nalishi, rejasi va imkoniyati bor.

Mas’ul shaxs: Joraqulov Sherqozi Qurbonazarovich

Telefon raqami: +998 99 500 07 24