Xushxabar

26/10/2025

⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 1I-23-guruh talabasi, DTPI Innovatsion guruh a’zosi Jurayeva Munisa Rahmatovna “Olim Hasanov jamg‘armasi” hamda Easybooking kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan “Olim granti” tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

📌 Ushbu grant iqtidorli yoshlarning kontrakt to‘lovlarini qoplash hamda ularni stipendiya bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan. Ma’lumot uchun, ilmiy rahbari — “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi S. Mamatov.