📌 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Maʼrifat ulaşib” loyihasi asosida boşlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar 1-talabalar turar joyida ōtkazilgan adabiy keça hamda oş çempionati bilan yakunlandi.
❇️ Tadbir mehmonlari – Ōzbekiston yozuvçilar uyuşmasi aʼzolari Gavhar Ibodullayeva, Davron Rajab, Şoira Şams hamda talabalarning bugungi kun adabiyoti, mutolaaga munosabat, tarjimaçilik masʼuliyati kabi masalalar haqidagi savollariga batafsil javob berdilar.
🖌 Muloqot adiblarimizning kitobxonlik madaniyati, ijod maşaqqati, asarlarning yaraliş tarixiga doir mulohazalari va xotiralarini yoşlar bilan ōrtoqlaşiş, “Maʼrifat ulaşib” loyihasining maqsadini ularga yana bir bor tuşuntiriş imkonini berdi.