Adiblar ishtirokida ko’chat ekish marosimi bo’lib o’tdi
27/10/2025
🌿 Bugun, 27 oktyabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida shoir va yozuvchilar, adiblar ta’lim muassasasining iqtidorli talaba-yoshlari ishtirokida ko’chat ekish marosimi bo’lib o’tdi.
💐 Jarayon davomida ijodkorlar Gavhar Ibodullayeva, Davron Rajab hamda Shoira Shams ekilgan nihollar hayot daraxtlari, do‘stlik va o‘zaro ishonch, ma’naviyat va kelajak bog‘lari bo‘lib qad rostlashini ta’kidlab o’tishdi.