🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Tarix va falsafa” kafedrasi o’qituvchisi Abdumo’min Usmanov tomonidan Iqtisodiyot ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabalariga Falsafa fanidan “Jamiyat falsafasi” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
🇺🇿 Mazkur ochiq dars mashg’ulotida jamiyat falsafasining nazariy va amaliy asoslari, Yangi O’zbekiston strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati bo’yicha O’zbekiston Milliy universiteti professori, falsafa fanlari doktori (Butunjahon falsafa kongresi a’zosi, Rossiya falsafa akademiyasining O’zbekiston bo’limi rahbari) Nigina Shermuxammedova tomonidan taqdim etilgan videomurojaat tinglandi.
🇺🇸 Ochiq dars davomida Garvard universitetining Yevropa tadqiqotlari professori (Amerika san’at va fanlar akademiyasi a’zosi, Kanada va Buyuk Britaniya Qirollik akademiyasi vakili) Michele Lamont ham masofaviy (online) shaklda ishtirok etib jamiyat falsafasining dolzarb muammolari va zamonaviy tendensiyalariga alohida to’xtalib o’tdi.
📚 Shuningdek, ushbu ochiq dars mashg’ulotida fakultet rahbariyati, kafedra a’zolari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdi hamda mazvu bo’yicha savol-javoblar va fikr-mulohazalar almashildi.