“Maʼrifat ulaşib” doirasida ijodiy uçraşuv ōtkazildi
27/10/2025
📌 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Filologiya hamda Aniq va tabiiy fanlar fakultetida Ōzbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzolari taniqli şoir va yozuvçilar Gavhar Ibodullayeva, Davron Rajab, Şoira Şams hamda talaba-yoşlar iştirokida ijodiy uçraşuv bōlib ōtdi.
🖌 Samimiy ruhda ōtgan mazkur uçraşuvda yozuvçi şoirlar yoşlar bilan ōzlarining ijodiy tajribalari, adabiyotning inson tarbiyasidagi ōrni, bugungi zamon yoşlaridan kutayotgan orzu-umidlari haqida sōz yuritişdi.
❇️ Tadbir yoşlarning adabiyot va sanʼatga bōlgan qiziqişini oşiriş, milliy qadriyatlarimizni çuqur anglaş va maʼnaviy dunyoqaraşini boyitişda muhim ahamiyat kasb etdi.