Jarayon

25/09/2025

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yoshlarning sotsiologiya va antropologiyaga qiziqishlarini kuchaytirishga bag’ishlangan “Jamiyat va men” mavzusida sotsiologiya va antropologiya fanlari targ’ibotiga bag’ishlangan offline vebinar tashkil etildi. Tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Raqamli iqtisodiyot kafedrasi mudiri, Iqtisod fanlari dotsenti K.To’raboyeva va sotsiologiya yo’nalishi o’qituvchisi A.Mengliyev ishtirok etishdi.

✅ Vebinar davomida sotsiologiya va antropologiya fanlarining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, soha va fanlarning sotsiologiya bilan bog’liqlik jihatlari, aloqalari xususida fikr-mulohazalar yuritildi. Bahs-munozaralarga boy bo’lgan tadbirda ishtirok etgan 50 nafardan ortiq yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.