“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi
02/09/2025
🏛 Bugun Angor tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi 32-umumta’lim maktabida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya asosida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 2025-2026 o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga “Prezident sovg‘asi” topshirildi.
📌 Maktabda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan namunaviy ssenariy va ko‘rgazmali qurollar asosida darslar tashkil etildi.
✅ Tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev ham ishtirok etdi hamda yuqori sinf o’quvchi-yoshlariga institutimizda yaratilgan shart-sharoit va yo’nalishlar haqida ma’lumot berib o’tdi.