🏢 DTPIda “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” şiori ostida “Rektor va yoşlar” uçraşuvi bōlib ōtdi. Mazkur uçraşuvda Filologiya fakultetining 1-kursga qabul qilingan talabalari iştirok etdilar.
📌 Uçraşuv davomida institut rahbariyati va professor-ōqituvçilar talabalarga yaratilgan şaroitlar, yangi loyihalar, taʼlim jarayonidagi ustuvor vazifalar haqida atrofliça maʼlumot berdilar. Talabalar esa ōzlarini qiziqtirgan savollarni berib, rektor va mutasaddi rahbarlardan tōḡridan-tōḡri javob oldilar.
✅ Tadbir jarayonida yoşlarga taʼlim, fan, madaniyat va sport sohalarida erişilayotgan yutuqlar haqida ham sōz yuritildi. Institut rektori talabalarni faol bōlişga, taşabbuskor ḡoyalarni ilgari surişga daʼvat etdi.
🎓 Uçraşuv samimiy va oçiq muloqot tarzida ōtdi hamda yangi ōquv yilini boşlayotgan 1-kurs talabalari uçun katta ruhiy kōtarinkilik baxş etdi.