Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talabalar munosib kutib olinmoqda
02/09/2025
🔹 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yangi ōquv yili boşlanişi munosabati bilan talabalar samimiy va munosib kutib olinmoqda. Ularning tinç va qulay şaroitda taʼlim olişlari uçun Talabalar turar joyi hamda ijaraga beriladigan xonadonlarga joylaştiriş işlari tartibli taşkil etildi.
🔸 Institutning Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar bōyiça birinçi prorektori B. Jōrayev mazkur jarayonlarni nazorat qilib, talabalar bilan suhbatlaşdi va joylaştirişdagi holatlar bilan yaqindan tanişdi. Prorektor talabalar uçun yaratilayotgan şaroitlarni yaxşilaş bōyiça masʼullar bilan fikr almaşdi.