Dolzarb 90 kun

11/08/2025

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya va qishloq xoʻjalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi qoshida tashkil etilgan  “BIOLOGIYA” fani kursida yozgi taʼtil davrida Biologiya ta’lim yo’nalishi talabalari oktyabr oyiga rejalashtirilayotgan Biologiya fanidan milliy sertifikat imtihonlariga qizg’in tayyorgarlik ko’rishmoqda.

📌 Milliy sertifikat quyidagi imtiyozlarni beradi !!!
Agar umumtaʼlim maktabi o‘qituvchisi milliy sertifikat imtihonida 80% yoki undan yuqori natijani qo‘lga kiritsa, oylik maoshiga 20% ustama qo‘shib beriladi! Agar abituriyent 86% va undan yuqori natijani qo‘lga kiritsa, tegishli fanidan kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi.

✅ Kelgusida talabalarimiz milliy sertifikatlarni qo’lga kiritishsa, umumtaʼlim maktablariga tanlov asosida ishga kirishda ustunlik beradi.