Ōqişni kōçiriş bōyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari ōtkaziladi

11/08/2025

Talabalar ōqişini xorijiy davlatlardagi, şuningdek, Ōzbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlaridan davlat oliy taʼlim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yōnalişlariga kōçiriş bōyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari bōlib ōtişi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda iştirok etiş uçun ruxsatnomani Bilimni baholaş agentligining my.uzbmb.uz (https://my.uzbmb.uz/allow/transfer-study-allow) saytidagi şaxsiy kabinetidan olişlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining ōtkaziliş joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi maʼlumotlar kōrsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi ōtkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan keçikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelişlari lozim.

⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnaşgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan ōtkaziladigan test sinovlarida ham iştirok etişlari şart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.