Hurmatli talabalar, professor-ōqituvçilar va xodimlar!

13/08/2025

⚡️ 2025-yil 29-avgust kuni Aşxabod şahrida “Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda sunʼiy intellekt salohiyati” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya bōlib ōtadi.
Işçi tillari: ingliz tili va turkman tili.

Konferensiya quyidagi muhim yōnalişlarga baḡişlangan:

➖ Sunʼiy intellektning Barqaror rivojlaniş maqsadlari (4‑maqsad)ga erişişidagi roli;

➖ Taʼlimni boşqariş va ōqitişda sunʼiy intellekt;

➖ Sunʼiy intellektni ōrganiş: asosiy tuşunçalardan ilḡor rivojlanişlargaça;

➖ Mustaqil taʼlimda sunʼiy intellekt: muammolar va imkoniyatlar.

📌Rōyxatdan ōtiş uçun ariza quyidagi şakl orqali onlayn tarzda olinadi:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScrSNUz9CLFqBvQJdGjjj5R2I-N3QgaEY2Da2WnArNrVVFVWw/viewform?usp=header

⌛️Rōyxatdan ōtişning sōnggi muddati: 23-avgust 2025-yil.

🔹 Iştirok yoki tinglovçi sifatida qatnaşiş istagida bōlganlar — iltimos, ōz arizangizni aynan şu şakl orqali tezroq yuboring.

Savollaringiz bōlsa, “Xalqaro aloqalar bōlimi” bilan boḡlanişingiz mumkin.

🔸 Sunʼiy intellekt orqali taʼlim va barqaror rivojlaniş yōnalişidagi uşbu onlayn konferensiya sizlar uçun yangi ufqlar eşigidir — qatnaşing va bilim olamiga birga sayohat qilaylik!