TABRIKNOMA

05/08/2025

Hurmatli Ulug‘bek Berdiqobilovich!

⚡️ Hurmatli Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

📌 Yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lida halol, fidokorona xizmatlaringiz barchamiz uchun ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, Surxondaryo viloyatini har tomonlama obod, zamonaviy va taraqqiy etgan hududga aylantirish borasidagi sa’y-harakatlaringiz xalqimiz e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

🎉 Bugungi quvonchli kunda Sizga bardavom salomatlik, tinimsiz kuch-g‘ayrat, oila baxti va faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz! Yangi yosh Sizga yangi imkoniyatlar, ezgu orzularni ro‘yobga chiqaradigan yorqin kunlar olib kelsin. Faoliyatingizda doimiy rivoj va ulkan zafarlar hamroh bo‘lsin!

Hurmat bilan, Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev