Grant taqsimoti uçun ariza beriş 10-avgustga qadar davom etadi
05/08/2025
🗣Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024/2025-ōquv yilida ōqişga qabul qilingan talabalar uçun taʼlim grantlarini qayta taqsimlaş bōyiça talabgorlarni rōyxatdan ōtkaziş muddati 2025-yil 10-avgustga qadar uzaytirildi.
Yaʼni grant taqsimlaş uçun ariza berişga ulgurmay qolganlar 10-avgustgaça hujjatlarini taqdim etişi mumkin. Arizalar oliygohlarning veb-saytlari orqali yoki kontrakt.edu.uz (https://kontrakt.edu.uz/) saytida qabul qilinmoqda.
Talabalar ariza berişda 3 xil grantdan birini tanlaşi kerak:
☑️ Tōliq va tōliq bōlmagan grant (GPA 3,5 dan baland);
☑️ Qōşimça davlat granti (faqat ijtimoiy himoya reyestrida “qizil” va “sariq” toifadagi oilalar aʼzolari uçun, GPA 4 dan baland);
☑️OTM granti (GPA 3,3 dan 4 gaça).
Imtiyozli yoki maqsadli grantga kirganlar, şuningdek, sirtqi, keçki va masofaviy şaklda ōqiydiganlar ariza yubora olmaydi.