🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Rossiyaning Altay davlat universiteti (AltDU) hamda Novosibirsk davlat universitetlari (NDU) bilan qōşma taʼlim asosida quyidagi magistratura mutaxassisliklari oçildi.
1. 70610101 – “Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti” mutaxassisligi (ōqiş muddati 1 + 1) Altay davlat universiteti (AltDU) 2. 70410102 -“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bōyiça)” mutaxassisligi – (ōqiş muddati 1+1) – Altay davlat universiteti (AltDU) 3. 70110801 – “Ona tili va adabiyoti: rus tili (ōqiş muddati 1+1) – Novosibirsk davlat universiteti (NDU) 📆Ōqiş muddati 2 yil bōlib, 1 yil Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida, 1 yil Altay va Novosibirsk davlat universitetida davom etadi. 💰Afzalliklari: 🎓- Bitiruvçilar 2 ta diplomga ega bōlişadi. (Izoh: Maʼlumot uçun: Altay davlat universiteti Top 1000 talik Novosibirsk davlat universiteti Top 500 talik universitetlar içida yuqori-ōrinlarni egallab turganligi sababli bitiruvçilarga imtiyozlar beriladi.) – Bitirgandan keyin diplom nostrifikatsiya qilinmaydi. 📌 Muhim: Kiriş uçun til sertifikati talab etilmaydi, Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2021 yildagi 421-sonli qarori 2-bob 13-bandiga asosan imtihonlar ikki bosqiçda amalga oşiriladi. birinçi bosqiçda — Ōzbekiston Respublikasi oliy taʼlim taşkiloti tomonidan xorijiy hamkor oliy taʼlim taşkiloti bilan kelişilgan holda işlab çiqilgan qabul qiliş tartibiga muvofiq kiriş imtihonlari ōtkaziladi .
ikkinçi bosqiçda — Ōzbekiston Respublikasi oliy taʼlim taşkilotining buyurtmasi asosida Davlat test markazi tomonidan kelişilgan muddatlarda qōşma taʼlim dasturida ōqitiş olib boriladigan çet tilidan kiriş imtihoni ōtkaziladi . çet tili bōyiça kiriş imtihonlarida tōplaş mumkin bōlgan maksimal ballning kamida 30 foizini tōplagan abituriyentlar qōşma taʼlim dasturi bōyiça ōtkaziladigan tanlovda iştirok etadi hamda qabul parametrlaridan kelib çiqib, ōqişga qabul qilinadi B2 darajadagi milliy yoki unga tenglaştirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bōlgan abituriyentlar ikkinçi bosqiçda çet tilidan ōtkaziladigan imtihondan ozod etiladi va ularga mazkur bosqiç uçun maksimal ball beriladi.