⚡️Respublika miqyosida o’tkazilayotgan “Akademik harakatchanlik”ni rag‘batlantirishga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi professor-o’qituvchilari yuksak natijalarga erishdilar.
📌 Mazkur tanlovda kafedra dotsenti, Dilmurod Shukurov “Yarimo‘tkazgich pigment materiallar sintezi va ularni yangi avlod quyosh elementlarini olishda qo‘llash” mavzusidagi ilmiy ishlanmasi bilan faol ishtirok etdi va loyiha g‘olibi bo‘ldi.
📚 Shuningdek, kafedraning yana bir faol izlanuvchisi — katta o‘qituvchi Dilshod Yo‘lliyev “Tarkibiga magnetit zarrachalari kiritilgan PVS yordamida oqova suvlarni tozalash” mavzusidagi innovatsion loyihasi bilan muvaffaqiyatli qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.