Natija

24/07/2025

⚡️ Ōzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-yanvardagi “Oliy taʼlim taşkilotlarida abituriyentlar, hamda kambaḡal va kam taʼminlangan oilalarning bitiruvçi sinfdagi farzandlari uçun tayyorlov kurslarini taşkil etiş tōḡrisida”gi 18-sonli buyruḡi ijrosini taʼminlaş hamda yoşlarni tayyorlov kurslari orqali umumtaʼlim fanlari bōyiça bilimlarini oşiriş uçun qōşimça şart-şaroitlar yaratiş maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev tomonidan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya va qişloq xōjalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi qoşida “BIOLOGIYA” fani kursi taşkil etilib, kafedraning malakali ōqituvçisi A.Bolliyev masʼul qilib biriktirilgan edi.

📌 Denov tumanidagi 22-maktabning 11-sinf ōquvçisi Murodqulova Zofina Farxod qizi kursning dars maşḡulotlarida faol qatnaşib, milliy sertifikatlarga ega bōlib, muddatidan oldin talaba bōliş baxtiga muşarraf bōldi. Institut rahbariyati va jamoasi bu yutuq bilan Murodqulova Zofinani Ota-onasini va yaqin qarindoşlarini tabriklab, kelajakdagi işlariga omad tilab qoladi.