Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

23/07/2025

✅Ōtgan yildan buyon testgaça faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bōldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.

Xōş, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

1️⃣Birinçidan: beştagaça yōnaliş tanlaydi.

Bunda test topşirgan fanlar majmuasiga tōḡri keladigan ISTALGAN yōnalişlarni va ISTALGAN OTMlarnitanlaşi mumkin.

Kōpçilik rōyxatdan ōtiş çoḡida tanlagan yōnalişini ōzgartirsa bōladimi, deb sōramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yōnalişni tanlaydigan qilişgani uçun kōpçilik çalḡib qoldi. Lekin siz tanlagan yōnaliş heç narsani anglatmaydi, şunçaki osonroq bōlişi uçun misol sifatida qōyilgandi xolos.

Xullas, siz rōyxatdan ōtişda qaysi yōnalişni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beştagaça yōnalişni tanlay olasiz.

2️⃣Ikkinçidan, taʼlim şaklini tanlaydi.

Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, keçki yoki masofaviy şaklni tanlaş mumkin. Yoki beşta yōnaliş içida aralaştirib tanlasa ham bōladi. Masalan, 1 va 2-yōnalişga kunduzgi, 3 va 4-ga keçki va 5-ga masofaviy qilib.

Qaysi yōnalişda keçki va masofaviy bor-yoki yōqligini kvotalar çiqqaç bilib olişingiz mumkin. Lekin hozirça kvotalar tasdiqlanmadi.

3️⃣Uçinçidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yōnalişga qaratiş mumkin. Masalan, kimdir “menga qaysi beşta yōnalişdan biriga kirişimning farqi yōq, asosiysi davlat grantiga kirişim kerak”, desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksinça “men birinçi tanlagan yōnalişimga kirişim şart, kontraktga kirsam ham roziman” desa, unda ustuvorlikni yōnalişga beradi.

(joriy yilda sirtqi bōlmaydi, lekin misol tariqasida tizim qanday işlaşini tuşunib oliş mumkin)

❕XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib çiqadi. Neça ball olganini ertasi kuni bilib olişadi. Barça testlar tugagaç, yuqoridagi uçta masalani tanlaş uçun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun ōtgaç, umumiy mandat şakllantiriş boşlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta içida çiqişi kerak. Demak, 17-avgust atrofida mandat çiqişi mumkin.

Oliygohlarning mandati çiqib bōlgaç, ōqişga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlaş uçun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.