Har yili 27-iyun sanasi yurtimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nişonlanadi. Bu sana jamiyat hayotida muhim ōrin tutadigan jurnalistlar, muharrirlar, muxbirlar va barça OAV vakillarining tinimsiz mehnatini eʼtirof etiş, ularni raḡbatlantiriş va qōllab-quvvatlaş kuni sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Şu munosabat bilan joriy yilning 26-iyun kuni Denov tumani hokimligi tomonidan bayram tadbiri taşkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Ilhom Abrorov, soha vakillari, mahalliy naşr jurnalistlari hamda OAV bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan mutasaddilar iştirok etdi.
Tadbirni oçib bergan tuman hokimi Ilhom Abrorov bayram iştirokçilarini samimiy tabrikladi:
— Jurnalistika — bir zumda zabt etiladigan fursat emas, u izçillik, sabr-toqat va fidoyilikni talab qiladigan maşaqqatli, ammo şarafli sohadir. Bugun sizlar yurtdoşlarimizni mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik işlari va yangiliklar bilan tezkor, aniq va xolis axborotlar orqali xabardor etib kelmoqdasiz. Sizlarning mehnatingiz orqali jamiyatda oçiqlik, şaffoflik va işonç muhitini taʼminlaşga erişilmoqda. Har qaçon xalq xizmatidan çarçamang. Bayramingiz muborak bōlsin, — dedi tuman hokimi.
Tadbir davomida jurnalistika va axborot sohasida faoliyat yuritib kelayotgan, ōz kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan bir guruh jurnalistlar va OAV xodimlari taşakkurnomalar hamda esdalik sovḡalari bilan taqdirlandi. Ularning mehnati, jamiyat hayotiga qōşayotgan hissasi munosib eʼtirof etildi.
Şuningdek, yiḡiliş davomida jurnalistlarning kasbiy faolligini oşiriş, hududdagi ijobiy ōzgarişlarni aholiga tezkor va aniq yoritişdagi roli, hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş haqida ham muhim taklif va fikrlar bildirildi.
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati