Yurtimizda keng nişonlanayotgan “Yoşlar bunyodkorligi oyligi” doirasida institutimizda ham bir qator ezgu taşabbuslar hayotga tatbiq etilmoqda.

26/06/2025

🏗 Jumladan, yangi talabalar yotoqxonasi qurilişida kōngilli yoşlarimiz faol qatnaşib, ōz mehnati va taşabbuskorligi bilan barçaga ōrnak bōlişmoqda. Bunyodkorlik işlarida iştirok etayotgan talabalar nafaqat mehnat qiliş, balki jamoaviylik, birdamlik, vatanparvarlik kabi ezgu fazilatlarni namoyon etmoqdalar.

👷‍♂️ Institut rahbariyati va professor-ōqituvçilar uşbu işlarni yuqori baholab, yoşlarimizni raḡbatlantirişmoqda. Talabalarimiz tomonidan yotoqxona hududini obodonlaştiriş, quriliş materiallarini taşiş, hamda oddiygina yordam işlarigaça bōlgan faoliyat ijobiy muhitda olib borilmoqda.

📌 “Yoşlar bunyodkorligi oyligi” — bu nafaqat bunyodkorlik, balki yoşlarning jamiyatdagi faol ōrnini yana bir bor namoyon etuvçi muhim jarayon. Biz faxrlanamizki, institutimiz yoşlarining ezgu taşabbuslari bu borada boşqalarga ham ōrnak bōla oladi!