Surxondaryo viloyatining iqtidorli yoşlari uçun yana bir tarixiy kun!

26/04/2025

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ōtkazilgan viloyat miqyosidagi biologiya, kimyo va fizika fanlari bōyiça olimpiadada faxrli 1-2- 3-ōrinlarni qōlga kiritgan Denov, Oltinsoy, Uzun, Qumqōrḡon, Sariosiyo va Şōrçi tumanlari maktablarining 11-sinf ōquvçilari “Institut granti” bilan taqdirlandi.

⚡️ Bu grant – nafaqat ularning mehnati va bilimga çanqoqligiga berilgan yuksak baho, balki ularning kelajakdagi katta orzulariga oçilgan yōldir. Ilm yōlida sobitqadam yurgan bu yoşlar bizga faxr va ilhom baḡişlaydi. Ularning bu yutuqlari — ōqituvçilarning fidoyiligi, ota-onalarning mehribonligi va eng asosiysi, ōzlarining astoydil harakati mahsulidir.