Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan tadbir ōtkazildi. Uşbu jarayonlardan foto lavhalar.

26/04/2025

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan tadbir ōtkazildi

⚡️ Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yuragimizga Vatan deb bitilgan, şeʼriyat osmonida yulduzdek porlagan atoqli şoir, Ōzbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan unutilmas tadbir bōlib ōtdi. Şuningdek, jarayonda institut rektori O.Ruziyev professor-ōqituvçilar iştirok etdilar. Tadbir davomida şoirdan taralgan Vatanga sadoqat, xalqga muhabbat, elga mehr tuyḡulari yana bir bor yuraklarni titratdi. Institut yoşlari tomonidan yod etilgan şeʼrlar, sahna kōrinişlari va musiqiy çiqişlar barçaga unutilmas lahzalarni hadya etdi.

📌 Muhammad Yusuf ijodi – bu millat ruhining ifodasi, xalq qalbining sadosi. Bugungi tadbir ham ana şu ruhni uyḡotdi, yoş avlod qalbiga Vatanga muhabbat uruḡini soldi. Tadbir sōngida iştirokçilarning kōzida faxr, yuragida iftixor va şōrli satrlaru misralarga bōlgan çeksiz ehtirom mujassam edi. Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti jamoasi yana bir bor kōrsatdiki – buyuk şoirlar unutilmaydi, ular yuraklarda yaşaydi!