Tadbirkorlik va boşqaruv fakulteti sport zalida DTPIga biriktirilgan texnikumlar ōrtasida sportning “VOLEYBOL” turi bōyiça “REKTOR KUBOGI” musobaqasi bōlib ōtdi

26/04/2025

✔️ Musobaqada Denov, Şōrçi va Uzun tumanidan jami 7 ta texnikumlarning yigitlar terma jamoalari iştirok etdilar. Qiziqarli va murosasiz tarzda ōtgan musobaqada Rektor kubogi Uzun tuman 2-son texnikumiga nasib etgan bōlsa, 2-ōrinni Denov tuman 2-son texnikumi egalladi. 3- ōringa Uzun tuman 1-son texnikumi jamoasi yigitlari sazovor bōldilar.

📌 Maʼlumot ōrnida, ḡolib va sovrindorlar institut maʼmuriyati tomonidan kubok, medal, diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanişdi.